Endi un ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan bug‘doy faqat birja orqali sotiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.  

Qarorga muvofiq, 2019 yil 15 oktyabrdan:

•    2019 yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan bug‘doy g‘alla iste’molchilarining barcha toifalariga faqat birja orqali sotiladi;
•    davlat xaridlari doirasida sotib olingan bug‘doyni qayta ishlashdan olingan un barcha iste’molchilarga 100 foiz to‘lovni oldindan amalga oshirish orqali ochiq birja savdolarida sotiladi;
•    2019 yil hosilidan tayyorlangan bug‘doyning 1 tonnasi un ishlab chiqarishga 1300 ming so‘mdan ulgurji narxda sotiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifalariga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi oshirilib, 50 000 so‘m miqdorida belgilandi.

Shuningdek, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab kompensatsiya oladigan aholi toifalariga quyidagilar ham qo‘shildi:
•    14 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun nafaqa oluvchi oilalar;
•    belgilangan eng kam miqdorda yoshga doir pensiya oluvchilar.


Maqola muallifi

Teglar

Un Bug'doy

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made