Yanvar-sentyabr oylarida 1,2 mlrd dollarlik bug‘doy import qilindi
Jamiyat
−
10 dekabr 2020
5384Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonning bug‘doy importi 1,2 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28 foizga oshgan. Oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Malayziya va Ukraina davlatlaridan olib kirilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ijro etilishi muhokamasida so‘z bordi.
Ma’lum qilinishicha, oziq-ovqat tovarlarini import qiluvchi korxonalar soni 1 601 tani tashkil etib, iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan 190 million dollar, hudud korxonalari tomonidan esa 975 million dollar qiymatida mahsulotlar import qilingan. Xususan, Toshkent shahrida 561 million dollar, Toshkent viloyatida 171 million dollarni tashkil qilgan.
“Jumladan, oziq-ovqat tovarlari importi tarkibida kundalik iste’mol mahsulotlari jami 2,8 million tonnani tashkil etib, 12 foizga yoki o‘tgan yilga nisbatan 296 ming tonnaga oshgan. Go‘sht mahsulotlari 2 barobarga yoki 19 ming tonnaga ortgan”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatiga 7 ming tonnaga yaqin mol go‘shti, 5,5 ming tonnadan ortiq parranda go‘shti, 1,2 ming tonnaga yaqin sut va sut mahsulotlari, 4,2 ming tonnaga yaqin baliq va baliq mahsulotlari olib kirilgan. Qolaversa, Toshkent shahriga 5,5 ming tonnaga yaqin mol go‘shti, 15 ming tonnadan ortiq parranda go‘shti, 11 ming tonnaga yaqin sut va sut mahsulotlari, 2,5 ming tonnaga yaqin baliq va baliq mahsulotlari import qilingan.
LiveBarchasi