O‘zbekiston so‘nggi 11 oyda qariyb 60 mln dollarlik shina import qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston joriy yilning 11 oyida xorijdan qiymati 58,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan yengil avtomobillar shinasini import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 12,7 mln AQSH dollariga kam. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonga yengil avtomobillar shinasi, asosan, Xitoy davlatidan (39,3 mln AQSH dollari) olib kirilgan.

O‘tgan 11 oy mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillar shinasini eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagilar:

  • Xitoy – 39,3 mln dollarlik;
  • Chexiya – 9,4 mln dollarlik;
  • Korea Respublikasi – 6,4 mln dollarlik;
  • Rossiya Federatsiyasi – 1,7 mln dollarlik;
  • Turkiya – 916,8 ming dollarlik.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston xorijdan joriy yilning noyabr oyida 3,6 mln AQSH dollari qiymatida yengil avtomobillar shinasini import qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Import Shina

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing