Markaziy Osiyoda yetakchi: O‘zbekistonliklar yiliga qancha don iste’mol qilishi aytildi
Jamiyat
−
14 iyun 2022
11041Amerika Qo‘shma Shtatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tahlilchilarining fikricha, 2022/2023 yillarda O‘zbekistonda ichki bug‘doy iste’moli hajmi 8,5 million tonnaga yetishi mumkin. Bu haqda “APK Inform” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu avvalgi mavsumga nisbatan deyarli 1 foiz yuqori va Markaziy Osiyodagi bug‘doy iste’molchilari orasida mutlaq ko‘rsatkichdir. O‘zbekistonda 2022/2023 yillarda mahalliy bug‘doy iste’molining prognoz qilingan hajmi Afg‘oniston uchun shu davrga nisbatan qariyb 8 foizga yuqori bo‘lib, ichki don iste’moli 7,9 mln tonnani tashkil etishi kutilmoqda.
Shuningdek, yangi mavsumda O‘zbekiston uchun prognoz ko‘rsatkichi Qozog‘iston uchun ichki iste’mol bahosidan deyarli 37 foiz yuqori (6,2 mln tonna). Qozog‘iston an’anaviy ravishda bug‘doy va bug‘doy unining eksportchisi hisoblanadi.
2022/23 yillarda Qozog‘istondan bug‘doy va un eksporti don ekvivalentida 8,0 mln tonnaga yetishi mumkin, O‘zbekistondan eksport prognozi esa atigi 1,5 mln tonnani tashkil etadi.
Shunga ko‘ra, agar keyingi mavsumda O‘zbekiston va Afg‘onistonda don ishlab chiqarish rejalashtirilgan ichki bug‘doy iste’molining atigi 78 foiz va 57 foizini ta’minlay olsa, Qozog‘istonda ichki iste’mol kutilgan yalpi don hosilining atigi 48 foizini tashkil qiladi.
LiveBarchasi