Qozog‘iston g‘alla va un eksportiga cheklov kiritishi kutilmoqda
Olam
−
05 aprel 2022
9739Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bug‘doy va un eksportiga cheklovlar qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Interfaks-Qozog‘iston” Qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyevga tayanib xabar bermoqda.
“G‘alla va un eksportiga ham cheklov kiritish masalasi ishlab chiqilmoqda”, deydi vazir jurnalistlarga parlament majlisi chog‘ida.
Uning ta’kidlashicha, rejalashtirilgan cheklovlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bug‘doyni tegirmonchilarga sotishni istamasligi bilan bog‘liq.
“Eksportchilar ichki bozorga sotmoqchi emas, eksport narxi oshishini kutmoqda. Shu bois unni qayta ishlovchilar va bug‘doy yetishtiruvchilar o‘rtasida qandaydir nomuvofiqlik bor”, deya qo‘shimcha qildi Yerbol Karashukeyev.
Boshqarma boshlig‘i, shuningdek, Rossiyadan bug‘doy va g‘alla eksportini taqiqlash bilan bog‘liq vaziyat boshqarmada nazorat ostida qolayotganini, qozoq bug‘doyi iste’molchilarga to‘liq yetib borishini qo‘shimcha qildi.
“Biz vaziyatni bilamiz, uni nazorat ostida ushlab turamiz. Bugun ertalab bizning don balansimiz ijobiy edi va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. [Mahsulot] ichki bozorga yetarli, iste’molga ham yetarli, eksport qilishga ham ortadi”, deya qo‘shimcha qilgan vazir.
Qozog‘istonda g‘alla va dukkakli ekinlarning yalpi hosili 2020 yildagi 20,06 million tonnaga nisbatan 2021 yilda 16,4 million tonnani tashkil etdi (18,2 foizga kamaygan). Bu pasayish mamlakatning bir qator hududlaridagi qurg‘oqchilik bilan bog‘liq. Shuningdek, Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021-2022 qishloq xo‘jaligi yili uchun g‘alla eksporti prognozini oshirgani, respublika 7-7,3 million tonnaga yaqin don eksport qilmoqchi ekanligi ma’lum qilingan.
O‘zbekistonga yanvar oyida 26,8 ming tonna bug‘doy uni import qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga qiymati 8,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 26,8 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.
Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga eng ko‘p bug‘doy uni import qilingan davlatlar:
• Qozog‘iston – 26,6 ming tonna;
• Rossiya – 152 tonna;
• AQSH – 50 tonna;
• Italiya – 4,2 tonna.
LiveBarchasi