Un narxining oshishiga O‘zbekiston sababchi – qirg‘izistonlik deputat

Jamiyat

image

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputati Jusupbek Korgonbay uulu mamlakatda un narxining ko‘tarilishiga O‘zbekiston sababchi ekanini aytdi. Bu haqda “24kg” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, kecha, 19 sentyabr kuni poytaxt Bishkek shahrida konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquq masalalari va Jogorku Kenesh reglamenti qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda deputat Jusupbek Korgonbay uulu un narxining oshib borayotgani ayrim qonunchilik masalalaridan ko‘ra muhimroqligini aytgan. 

“Non 35-40 somga qimmatlashdi. Nega buni nazorat qilmaysiz? Un masalasi bayroq va gerbdan muhimroq. O‘zbekistonga un eksport qilinadi. O‘zimizda esa omborlar bo‘sh. Bu masala bilan ham shug‘ullaning”, degan deputat.

Monopoliyaga qarshi tartibga solish xizmati raisi o‘rinbosari Oybek Mamiraliyev bunga javoban import qilinadigan tovarlar narxi oshganini aytgan. U buni Qozog‘istondan yetkazib berilayotgan un miqdorining kamaygani va qozog‘istonlik tadbirkorlar Qirg‘iziston tomoniga yetarlicha mahsulot jo‘natmayotgani bilan izohlagan.

“Biz agrar davlatmiz. Nega o‘zimizni non bilan ta’minlay olmaymiz. Bizning yerlarimiz yo‘qmi?” deya e’tiroz bildirgan Korgonbay uulu.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 avgust kuni Qozog‘iston Tashqi savdo siyosati bo‘yicha idoralararo komissiyasi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan bug‘doyni avtomobil yo‘li bilan olib kirishga qo‘yilgan taqiqni yana olti oyga uzaytirgan edi. Buning ortidan ko‘plab MDH mamlakatlari, xususan O‘zbekistonda ham un narxi sezilarli darajada qimmatlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Un Jogorku Kenesh Jusupbek Korgonbay uulu un narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made