Endi o‘qituvchilar sudga shikoyat qilgan taqdirda davlat bojini to‘lamaydi
O‘zbekiston
−
02 Fevral 2024 5182 1 daqiqa
O‘zbekistonda endi pedagoglar sudga shikoyat qilganda davlat bojini to‘lamaydi. Bu haqda “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritildi.
Qayd etilishicha, pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma’muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to‘lamaydi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr