Endi talabalar turizm mahallalarida amaliyot o‘taydi
Jamiyat
−
29 mart 2023
4940O‘zbekistonda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi. Unga ko‘ra, viloyatlar ularga biriktirilgan 11 ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Bu haqda, bugun, 29 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida respublikada turizm salohiyatini jadal rivojlantirish masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytilgan.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, viloyatlar ularga biriktirilgan 11 ta oliygoh bilan hamkorlikda ishlab, turizm ob’ektlari to‘g‘risidagi kontentni boyitishi lozim bo‘ladi. Ular:
• 31 ta tuman va ulardagi 143 ta turizm mahallasining tarixi, yodgorliklari va sayyohlik ob’ektlari kontentini yaratadi;
• ular asosida kamida 12 ta tilda turistik paketlar ishlab chiqiladi;
• turizm, iqtisodiyot, tarix, geografiya, servis, xorijiy tillar yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalarning kamida 2 oylik amaliyoti shu tumanlarda tashkil etiladi;
• turizm va servis ob’ektlari ishchilarini o‘qitadi.
“Natijaga qarab oliygoh o‘qituvchilari va talabalari rag‘batlantiriladi”, deyilgan xabarda.
LiveBarchasi