Endi sug‘urta polislari qog‘oz shaklida rasmiylashtirilmaydi

Jamiyat

image

2024 yil 1 sentyabrdan O‘zbekistonda sug‘urta polislarini berish amaliyoti onlayn rejimda amalga oshiriladi. Bu haqda “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 sentyabrdan sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi.

Shuningdek, 1 sentyabrdan barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi va sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi.

“Sug‘urta polislarini axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi. Sug‘urtalovchi tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi”,  deyiladi hujjat matnida.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urtalovchilar tomonidan ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari sifati bo‘yicha sug‘urtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

Quyidagilarga shartnomalarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash majburiyati yuklatiladi:

  • Soliq qo‘mitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari;
  • Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari;
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ob’ektlarni davlat mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari;

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 maydan sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) joriy etilishi haqida ma’lum qilingandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston sug'urta polislari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing