Endi sud raislari mahalliy deputatlarga hisobot bermaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda sudlar raislari xalq deputatlari mahalliy kengashlariga hisobot bermaydigan tizimga o‘tilmoqda. Shu haqdagi tegishli qonun loyihasi bugun, 30 mart kuni Oliy Majlis Senatining 51-yalpi majlisida muhokama qilindi va ma’qullandi.

Gap “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun haqida ketmoqda.

Ta’kidlanishicha, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida sud hokimiyatining mustaqil holda ish yuritishiga va sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmasligiga oid konstitutsiyaviy kafolatlar belgilab qo‘yilgan.

Bildirilishicha, mazkur konstitutsiyaviy kafolatlarni hayotga to‘laqonli tatbiq etish, sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini yanada mustahkamlash maqsadida sudlar raislarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etishi haqidagi qoidani bekor qilish, shuningdek sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilgani munosabati bilan yagona sud amaliyotini ta’minlash, qonunchilikdagi ayrim bo‘shliqlarni va ziddiyatlarni bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Yangi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlar raislarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etishi haqidagi qoidani bekor qilishni, o‘z navbatida sudlarning o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni har chorakda ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borishini, shuningdek, sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilganligi munosabati bilan yagona sud amaliyotini ta’minlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

sud deputat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing