Endi Samarqandda tarbiyachi o‘nga yaqin bolani kaltakladi (video)
3-sahifa
−
05 mart 9054 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni urib, ularni haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 14 fevral kuni viloyatning Jomboy tumanidagi 25-DMTT da sodir bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, tarbiyalanuvchilarga qo‘l ko‘targan tarbiyachi G.A. ning ishi Jinoyat ishlar bo‘yicha Jomboy tuman sudida ko‘rib chiqilgan va unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Shuningdek, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalarining birida tarbiyachi bolalarni gimnastika tayog‘i bilan urgan edi. Shuningdek, ushbu tashkilotning tarbiyachisi ham bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aniqlangandi. Shuningdek, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tanzilandiya” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari tomonidan ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilariga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgani, Yunusobod tumanidagi “First Daycare” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi va tarbiyachi yordamchisining bolalardan birini ovqat yemagani uchun stulga “skotch”lab qo‘ygani ortidan Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga senator so‘rovi yuborgandi.
28 fevral kuni esa AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sardor Rajabov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Tanzilandiya” bog‘chasi ustidan tegishli qaror chiqarish uchun sudga murojaat qilganini aytdi.
Live
Barchasi