Endi pul to‘lab, UzAuto Motors zavodida avtomobil yig‘ilishini tomosha qilishingiz mumkin
Jamiyat
−
05 iyul 2019
5786Endi O‘zbekiston fuqarolari istalgan paytda Asakada joylashgan UzAuto Motors zavodida avtomobil yig‘ish jarayonini kuzata olashi mumkin. Bu haqda UzAuto Motors zavodiga uyushtirilgan media-tur davomida tashkillashtirilgan Matbuot anjumanida zavod bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov ma’lum qildi.
“Men Germaniyaga safar uyuushtirgan paytimda BMW korporatsiyasiga qarashli avtomobil zavodida bo‘lganman. U yerda 50 yevro to‘lab zavodni to‘liq aylanib chiqqanmiz. Gernmaniyada bu har bir fuqaro uchun amal qiladi. Istalgan shaxs BMW avtomobillarining qanday yig‘ilishini jonli kuzatish imkoniyatiga ega.
Bizda hozirgacha bunday imkoniyat yo‘q edi. Lekin, keyingi haftadan biz ham sinov tariqasida buni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Albatta, zavodga sayohat uyushtirish har bir fuqaro uchun pullik bo‘ladi. Hozirda aniq qiymat belgilanmadi. Lekin bu qiymat juda yuqori bo‘ladi deb o‘ylamayman.
Biz sayohatni pullik qilib, qandaydir foyda ko‘rishni reja qilmayapmiz. Bu pullar sayohatchilarning o‘zlari uchun sarflanadi. Yani ular qaytayotganda bu zavoddan esdalik sovg‘alari bilan qaytadilar”, deb aytib o‘tdi Rustam Rajabov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq UzAuto Motors zavodida qaysi avtomobil ko‘proq sotilayotgani haqida ma’lum qilgan edik.
LiveBarchasi