Endi “prava” olishda nazariy darslarda qatnashish majburiy emas
Jamiyat
−
02 fevral 5203 2 daqiqa
Joriy yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olishda nazariy darslarda qatnashish talabi bekor qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2025 yilning 25 oktyabrida qabul qilingan “Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.
Unga ko‘ra, “A” va “B” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun talabgorlar haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha majburiy o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi. Bunda:
- talabgorlar o‘z ixtiyoriga ko‘ra nazariy bilimlarni olish uchun o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qiydi yoxud mustaqil tayyorlanadi;
- talabgorlar majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha davlat va nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarda to‘liq qatnashadi;
- talabgorlar majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq qatnashgandan so‘ng transport vositalarini boshqarish ko‘nikmalarini baholashning ijobiy natijalariga asosan haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi;
- talabgorlarning haydovchilarni tayyorlash o‘quv dasturining amaliy mashg‘ulotlardagi o‘qishni tugatgani haqidagi ma’lumotnoma elektron tarzda shakllantiriladi;
- “A” va “B” toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda soxta haydovchilik guvohnomacini olganlar 1 305 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani va 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral