Endi ota-onasiga g‘amxo‘rlik qilmaganlar qamaladi. Qirg‘izistonda
Olam
−
02 dekabr
1824Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ota-onaga g‘amxo‘rlik qilishdan bo‘yin tovlagan qirg‘izistonliklarga jarima va qamoq jazosi tayinlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.
Qirg‘iziston Prezidenti voyaga yetgan bolalarning nogiron ota-onalariga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonunni imzoladi.
“Yangi qonun jinoiy javobgarlikka asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan daromadlarni yashirish va ishdan bo‘shashga qarshi choralarni ham o‘z ichiga oladi”, deyilgan xabarda.
Jogorku Kenesh tomonidan 2024 yil 17 oktyabrda qabul qilingan qonunda ota-onasining alimenti uchun pul to‘lash bo‘yicha sud qarorini bajarmagan farzandlarga nisbatan qattiq jazo choralari joriy etilishi nazarda tutilgan. Endi aliment to‘lamaganlik uchun jarima, jamoat yoki axloq tuzatish ishlari va qarz miqdoriga qarab uch yilgacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tamaki mahsulotlari va nikotin moddalarining zararli ta’siridan aholining sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha choralarni kuchaytirishga qaratilgan qonunni imzolagandi. Qonunning asosiy maqsadi nikotin va tamaki aerozollarining aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr