Endi ortiqcha to‘langan soliq foiz bilan qaytariladi
Jamiyat
−
13 fevral 2020
4132O‘zbekistonda endilikda soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan soliq summasiga foiz to‘lanadi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatga asosan bu tizim 2020 yil 1 martga qadar amaliyotga tatbiq etiladi.
Loyihada soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan soliq summasi belgilangan muddatda qaytarilmagan holda ushbu summa uchun soliq to‘lovchiga byudjet hisobidan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdorda foizlar to‘lash tartibi nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi.
Shuningdek endi soliq to‘lovchilarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Loyihada ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibini belgilash nazarda tutiladi.
LiveBarchasi