Endi navbat fitnesga. O‘zbekistonda yangi assotsiatsiya tashkil etildi

Sport

image

O‘zbekistonda Sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tuzildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi tashkilot faoliyati aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirishga qaratiladi.

Kecha, 18 oktyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Bosh kotibi Oybek Qosimov assotsiatsiyaning birinchi anjumanini o‘tkazdi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rilgan.

Odil Abdurahmonov bir ovozdan Milliy assotsiatsiya raisi etib saylandi. Uning o‘rinbosarlari qatorida O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, shuningdek, Jahongir Navro‘zov, Mohir Karimov va Shoxrux Daliyevlar kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, Odil Abdurahmonov 2022 yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy olimpiya qo'mitasi Sog'lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing