Rossiyada o‘zbekistonliklar YTHga uchradi
Olam
−
20 dekabr 2019
7040Bugun, 20 dekabr kuni kechasi Rossiyaning Ryazan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari jabrlandi.
Viloyatning Putyatin tumanidan o‘tuvchi M-5 trassasining 307-kmda Kia Rio va Chevrolet Captiva to‘qnashib ketgan. Qirg‘iziston fuqarosi boshqaruvchidagi Kia Rio Moskvaga qarab ketayotganda qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan. Natijada O‘zbekiston fuqarosi boshqarib ketayotgan Chevrolet Captiva bilan to‘qnashgan.
YTHda Kia Rio avtomobilining haydovchi va yo‘lovchisi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yetti kishi jabrlangan. Ularni Shilov tumanlararo tibbiyot markaziga olib ketishgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr