Qishning qoq o‘rtasida Toshkentning ikki tumanida issiqlik quvvati uziladi
Jamiyat
−
10 yanvar 2020
7093Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati Yakkasaroy va Mirobod tumanlaridagi ayrim manzilgohlarda vaqtincha issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilishi haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sh.Rustaveli ko‘chasida shikastlangan magistral issiqlik quvurini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli 2020 yil 10 yanvar kuni soat 21:00 gacha ayrim manzilgohlarda issiqlik ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi.
Manzillar:
- Sh.Rustaveli ko‘chasi
- Shaxrisabz ko‘chasi
- Buyuk Turon ko‘chasi
- Kunayeva ko‘chasi
- Mirobod mavzesi
- Markaz-7 dahasi
“Toshissikkuvvati" DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi!”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Trenddagilar

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
42045
11 aprel

Ertaga ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘adi
22753
12 aprel

Qarorlar poygasi: tariflar yana o‘zgardi
19892
11 aprel