Endi mehnat ta’tiliga haq to‘lashda yakshanba hisobga olinmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda endi yakshanba kuni inobatga olinmaydi. Bu haqda 13 fevral kuni qabul qilingan “Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.

Qonunning 233-moddasiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi. 234 moddaning to‘ldirilgan qismiga ko‘ra, pulli kompensatsiya to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi. 

Bundan tashqari, qonunga kiritilgan yangi o‘zgartirish bilan ish haqi to‘lanmaydigan ta’tilning davomiyligi 12 oylik muddat ichida jami uch oydan oshmasligi kerakligi belgilandi.  

Shuningdek, yangi o‘zgartirishga ko‘ra, 12 yoshga to‘lmagan ikki nafar va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga), ularning xohishiga ko‘ra, har yili ish haqi saqlanmagan holda davomiyligi kamida 14 kalendar kungacha ta’til beriladi.

Shu bilan birga, 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga o‘rindoshlik asosida ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar o‘rindoshining asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lsa, shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlati xodimlari mustasno) ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mehnat kodeksiga kiritilgan ushbu o‘zgarishlar bilan O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

mehnat ta'tili yakshanba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing