Mirziyoyev ta’tilga chiqdi
Jamiyat
−
29 Sentabr 32653 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 sentyabrdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Mirziyoyev birinchi mehnat ta’tiliga 2019 yil 5 avgustda chiqqan. 2021 yilda Prezidentning ta’tili 7 kun: 4 yanvardan 10 yanvargacha davom etgan. 2022 yilda esa Mirziyoyevning qisqa muddatli mehnat ta’tili 5 yanvardan 7 yanvargacha bo‘lgandi. Prezident 2023 yili 4 dekabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi. Shavkat Mirziyoyev 2024 yilda 22-29 aprel kunlari va 26 iyuldan 5 avgustgacha qisqa muddatli mehnat ta’tilida bo‘lgan. Shu bilan birga, joriy yilning 6 yanvarida ham Prezident mehnat ta’tiliga chiqqandi.