Endi mehnat migrantlari yangi platforma orqali murojaat yo‘llashi mumkin

Foydali

image

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida mehnat migrantlari uchun ochiq muloqot imkoniyatini yaratish maqsadida mehnat migratsiyasi sohasidagi yangiliklarni fuqarolarga yetkazish, ularga tezkor huquqiy maslahat berish va murojaatlarini onlayn qabul qilish uchun qulay bo‘lgan consalting.labormigration.uz platformasi ishga tushirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur platforma orqali soat 9:00 dan 18:00 ga qadar har kuni (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) soha mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiyalar berib boriladi.

Bundan tashqari, tezkor onlayn maslahat olish uchun consalting.labormigration.uz platformasi orqali savol yo‘llash mumkin.

Avvalroq, Rossiyada mehnat muhojirlariga bir qator yengilliklar berilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

migratsiya

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing