Latviyadan yana yuzlab rossiyaliklarning deportatsiya qilinishi kutilmoqda

Olam

image

Latviya hukumati mamlakatda qolish huquqiga ega bo‘lmagan 800 nafar rossiyalikni deportatsiya qilishi mumkin. Bu haqda Latviya migratsiya departamenti vakili Madara Puke "TV3" telekanaliga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda 800 kishi Latviyada qolish huquqini olmagan, ular na doimiy, na vaqtinchalik yashash uchun ariza bergan. 

"Biz bu shaxslar haqidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha tekshirish uchun Davlat chegara xizmatiga berdik. Kelgusi haftalarda bu odamlar hali ham Latviyadami yoki yo‘qmi aniq bo‘ladi. Agar ular Latviyada bo‘lsa, ularga 30 kun ichida mamlakatdan ketishiga buyruq beriladi”, degan u.

Pukening so‘zlariga ko‘ra, Latviyada davlat tili bo‘yicha imtihondan o‘ta olmagan Rossiya fuqarolari ikki yil muddatga vaqtinchalik yashash uchun ruxsat olishga ariza topshirishlari mumkin. Shundan so‘ng, ularning latish tilini bilishi yana bir bor tekshiriladi. Bu safar ham imtihondan o‘ta olmaganlar deportatsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun, Latviya Konstitutsiyaviy sudi ilgari ushbu mamlakat fuqarosi bo‘lgan va doimiy propiskaga ega bo‘lgan rossiyaliklar uchun latish tilidan imtihon topshirish talabini qonuniy deb ko‘rib chiqqan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Latviya hukumati belgilangan muddatgacha yashash uchun ruxsatnomaga hujjat topshirmagan va mamlakatda qolish uchun huquqiy maqomga ega bo‘lmagan 1200 dan ortiq rossiyalikni deportatsiya qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

deport Latviya migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing