Diqqat! Turkiyaga bormoqchi bo‘lgan fuqarolar ogohlantirildi
Jamiyat
−
27 mart
20717Turkiya hududiga kirmoqchi bo‘lgan 20-35 yosh oralig‘idagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilmoqda. Bu haqda bugun, 27 mart kuni O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qat’iy tekshiruvlar amalga oshirilmoqda.
"O‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan shaxslar bilan migratsiya xizmati xodimlari tomonidan suhbat o‘tkazilib, shaxsiy uyali telefonlari tekshirilishi holatlari ham uchramoqda. Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringan shaxslar “Turkiyaga kirishi istalmagan yo‘lovchi” sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan mamlakatiga qaytarib yuborilmoqda", deyiladi xabarda.
Jumladan, joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 54 nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib, kirishga taqiq qo‘yilganlarni tashkil etgan.
"Shu bilan birga, ayrim vatandoshlarimizdan Istanbul aeroportida politsiya xodimlarining qo‘pol muomalasi haqida shikoyatlar kelib tushgan. Bu borada fuqarolarimizning barcha shikoyat va e’tirozlari diplomatik kanallar orqali turk tomoniga yetkazildi va hozirgi kunda mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. O‘z o‘rnida, fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarni hurmat qilib, ularga to‘liq rioya etishlarini so‘rab, oldin qonunbuzarlik sodir etib deport qilingan fuqarolardan esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo‘qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o‘rgangan holda kelishlari tavsiya qilinadi", deyiladi Bosh konsulxona murojaatida.
LiveBarchasi