Endi konsert-tomosha uyushtirish uchun ham davlat boji to‘lanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida senatorlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Qayd etilishicha, mazkur Qonun yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan bog‘liq tarzda ishlab chiqilgan.

Ushbu Qonun davlat bojini undirish masalalarini belgilaydigan 38 ta normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega hisoblanadi.

Jumladan, Qonun 5 ta bob 27 modda va ilovadan tashkil topgan bo‘lib, davlat bojini hisoblab chiqarish, to‘lash va qaytarish tartibi hamda davlat boji miqdolari nazarda tutilgan.

Shuningdek, Qonunda:

•    konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun;
•    faoliyatining ayrim turlarini amalga oshishirga litsenziya va ruxsatnoma berganlik uchun davlat boji undirilishi ko‘zda tutilgan.

faoliyatining ayrim turlarini amalga oshishirga litsenziya va ruxsatnoma berganlik uchun davlat boji undirilishi ko‘zda tutilgan.

Xorijiy valyutada belgilangan davlat bojlari stavkalari qayta ko‘rilib, ya’ni ularni bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib so‘m ekvivalentida undirish tartibi belgilanmoqda.

Muhokamalar yakunlangach, Senat raisi Tanzila Norboyeva Qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Senatorlar loyihani ma’qulladi.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

25-yalpi majlis Kontsert Davlat boji

Baholaganlar

88

Reyting

4.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing