Endi xususiy korxonalarda ham “bolnichniy”ni davlat to‘laydi
Jamiyat
−
29 iyun 2698 2 daqiqa
Joriy yilning 1 iyulidan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari davlat ijtimoiy sug‘urtasi orqali to‘lanadi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 29 iyun kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 1 iyuldan kuchga kiradigan muhim yangilik – vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini davlat ijtimoiy sug‘urtasi orqali tayinlash va to‘lash tartibiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazilgan. Taqdimot davomida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlash va to‘lash jarayonlarining raqamlashtirilgan bosqichlari, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda ish beruvchilar va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi elektron hamkorlik mexanizmi real keyslar orqali tushuntirilgan.
Avvalroq xabar qilinganidek, 1 iyulidan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari davlat ijtimoiy sug‘urtasi orqali to‘lanishi haqida 2025 yilning 17 dekabr kuni hukumat qarori bilan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi tasdiqlangan nizomda belgilangan edi.
Yangi tartibga ko‘ra, kamida 6 oylik sug‘urta stajiga ega xodim kasallik varaqasi olsa, kalendar yilidagi birinchi 5 kun uchun nafaqani ish beruvchi to‘lashi va 6-kundan boshlab 182 kungacha bo‘lgan davr uchun to‘lovlar amalga oshirilishi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobiga yuklatilgandi.
Kelayotgan oydan boshlab, bu to‘lovlar proaktiv tarzda, inson omilisiz hisoblanadi va ijtimoiy kartaga avtomatik o‘tkaziladi. Nafaqalar har oy ikki bosqichda to‘lanadi. Ya’ni, oyning birinchi yarmi uchun – 25 sanagacha, ikkinchi yarmi uchun – keyingi oyning 10 sanasigacha. Nafaqa miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqi va sug‘urta stajiga qarab hisoblanadi.
Bunda, mazkur mehnatga vaqtincha layoqatsiz statusidagi ishchi xodimga 6 oydan 8 yilgacha sug‘urta staji bo‘lsa – o‘rtacha ish haqining 60 foizi, 8 yildan ortiq sug‘urta staji bo‘lsa – 80 foizi to‘lanadi.

Live
Barchasi