Endi Xitoyning yo‘lovchi samolyotlari AQSHga kira olmasligi mumkin
Olam
−
04 iyun 2020
5442Amerika ma’muriyati joriy yil 16 iyundan boshlab Xitoy aviakompaniyalariga AQSH va Xitoy o‘rtasida tijorat yo‘lovchilar tashishga taqiqlov kiritdi. Bu haqda AQSH transport vazirligining 3 iyun kuni tarqatgan buyrug‘ida aytilgan.
Taqiq 16 iyun kuni, agar Prezident Donald Tramp qaror qilsa, kuchga kirishi mumkin.
Ushbu chora Xitoyning yettita aviakompaniyasiga, shu jumladan Air China, China Eastern Airlines, China Southern Airlines va Hainan Airlines’ga ta’sir qiladi.
AQSH transport vazirligi tushuntirishiga ko‘ra, Xitoy hukumati aviaparvozlar to‘g‘risida Qo‘shma Shtatlar bilan qilgan kelishuviga to‘liq amal qilishni boshlasa, ana o‘shanda taqiq olib tashlanishi mumkin.
LiveBarchasi