Endi Qozoğiston çegarasidan ötiş uçun kafolat puli talab etiladi

Olam

−

image

Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi uçta çegara ötkaziş punktida elektron navbatni band qiliş uçun 9 noyabrdan boşlab 86 500 tenge (taxminan 2 mln 261 ming söm) kafolat puli talab etiladi. Bu haqda Turkiston viloyati Davlat daromadlari departamenti ma’lum qildi. 

Yangi tartib “Qoziğurt”, “B. Qonisbayev” va “Atameken” çegara ötkaziş punktlarida amal qiladi. Kafolat puli 20 oylik hisob-kitob körsatkiçiga teng bölib, elektron navbatni band qilişdan oldin taşuvçining maxsus elektron hisobvarağida uşbu mablağ bölişi kerak.

Belgilangan vaqtda çegaraga yetib kelgan haydovçiga kafolat puli töliq qaytariladi. Biroq yuk maşinasi belgilangan vaqtda çegaraga bormasa va bu holat 90 kalendar kun içida ketma-ket ikki marta takrorlansa, taşuvçi mablağdan mahrum böladi. Pul Qozoğiston davlat byudjetiga ötkaziladi.

Departament yangi tartib çegara ötkaziş punktlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelişining oldini olişga qaratilganini bildirgan. Yuk taşuvçilarga qatnovlarni oldindan rejalaştiriş va elektron hisobvarağida yetarli mablağ bölişini ta’minlaş tavsiya etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston xorijiy fuqarolar uçun mamlakatga kirişga elektron ruxsatnoma oliş tartibini joriy etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing