Endi qiynoq uchun qamalganlar amnistiyaga tushmasligi mumkin

Jamiyat

image
Ombudsman oylar o‘tib “anjancha qiynoqlar” haqida so‘z ochdi north_east

Ombudsman oylar o‘tib “anjancha qiynoqlar” haqida so‘z ochdi

Qiynoq jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan shartli hukm qilish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish kabi institutlarni qo‘llash to‘xtatiladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Dasturda bu uchun normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan. Loyihada:

•    Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) huzurida qiynoq holatlarini aniqlash va ularni oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarini tashkil etish, ushbu guruhlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng va muntazam yoritish;

•    Ombudsman tomonidan har chorakda jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda tergov izolyatori va jazoni o‘tash muassasalariga “monitoring tashriflari” tizimini yo‘lga qo‘yish;

•    Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) huzuridagi qiynoq holatlarini aniqlash va ularni oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish qoidalarini belgilash hamda ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

•    harakatlanish erkinligi cheklangan (gauptvaxtada hibsda saqlash qo‘llanilgan, ma’muriy qamoqqa olingan, jinoyat ishini yuritish chog‘ida ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarga hukm qilingan, majburiy davolash muassasasiga joylashtirilgan) shaxslarning yagona elektron reyestrini yuritish;

•    harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda qiynoqning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shu jumladan bunday joylarga har chorakda kamida bir marta monitoring tashriflarini amalga oshirish;

•    qiynoq uchun javobgarlik belgilovchi normalarni xalqaro konvensiya talablariga muvofiqlashtirish, shuningdek qiynoq jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan shartli hukm qilish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti qo‘llanilmasligini belgilash;

•    Oliy Majlis palatalari har yili Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha ma’ruzasini eshitib borish tartibini belgilash nazarda tutiladi.

Bajarish muddati – 2021 yil 1 mart, ijro uchun mas’ullar – Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman), Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar.


Maqola muallifi

Teglar

qiynoq jazo

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing