Endi qamoqqa olinganlar 2 soat ichida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Endi qamoqqa olingan shaxslar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin hibsxonaning o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarda belgilangan. 

Unga ko‘ra, majburiy tibbiy ko‘rik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan e’tiboran 2 soat ichida o‘tkaziladi.

Bunda qamoqqa olingan shaxsning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.

Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha belgilangan namunadagi tibbiy ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, tibbiy ko‘rik chog‘ida qamoqqa olinganning tanasida jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga ma’lum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Milliy tiklanish” partiyasi bitta kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqarishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi. Ushbu tashabbus orqali mahkumlarning bilim va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy adaptatsiyasini yaxshilash va jazo muddatini o‘tkazish jarayonida ruhiy va axloqiy rivojlanishga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasiga ko‘ra, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 1 ta kitob o‘qigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

qamoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing