Endi ishsizlar kasb va xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi
Jamiyat
−
26 avgust 2025 3119 2 daqiqa
O‘zbekistonda endi ishsizlar, shu jumladan, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlarini vaucher asosida qoplab beriladi. Bu 20 avgust kuni hukumatning tegishla qarori bilan tasdiqlangan “Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun vaucher berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan.
Unga ko‘ra, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ecosys.mehnat.uz tizimida vaucher asosida ushbu toifadagi shaxslarni o‘qitadigan ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri yuritiladi. Talabgor vaucher olish uchun vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki mahallalardagi hokim yordamchilari orqali, shuningdek, ecosys.mehnat.uz tizimi orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Talabgorga, birinchi navbatda, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 1 kun muddatda uning mutaxassisligidan kelib chiqib, mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari taklif qilinadi.
Fuqaroning mutaxassisligi bo‘lmaganda yoki taklif etilgan ish o‘rni ma’qul kelmaganda, vaucher taqdim etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Bunda talabgor ecosys.mehnat.uz tizimida skoringdan o‘tkaziladi va uning belgilangan toifalardan biriga kirishi aniqlansa, u vaucher olish huquqiga ega bo‘ladi.
Talabgor vaucherdan 3 oy muddatda foydalanishi lozim. Vaucher asosida kasb va xorijiy tillarni o‘rganish istagini bildirgan talabgor 1 marotaba bepul o‘qish huquqiga ega.
Live
Barchasi