Dunyoda qancha bekorchi borligi aytildi

Bu qiziq

image

2023 yilda dunyo bo‘ylab ishsizlar soni 208 million nafardan oshadi. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti tahlillariga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich jahondagi ishsizlik darajasining 5,8 foizini tashkil etadi.

Xalqaro mehnat tashkilotining taxminlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyotidagi hozirgi inqiroz ishchilarning sifatsiz, kam maoshli, xavfli va ijtimoiy himoyalanmagan ishlarni bajarishlariga majburlashi mumkin.

Qayd etilishicha, Ukrainadagi mojaroning iqtisodiy ta’siridan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi, ayniqsa, ko‘p zarar ko‘rgan. 

Shuningdek, tashkilotga ko‘ra, dunyodagi bir ishsiz erkakka ikki nafar ishsiz ayol to‘g‘ri keladi. 

Mutaxassislarga ko‘ra, 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi kattalarnikidan uch baravar yuqori.

Ta’kidlanishicha, ayollarning bandlik darajasi jahon miqyosida 2022 yilda 47,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, erkaklar uchun bu ko‘rsatkich 72,3 foizga teng.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bekorchi ishsizlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing