Chet tillari o‘qituvchilari uchun yangi talablar belgilandi
Jamiyat
−
25 may 2021
11797Davlat ta’lim muassasalari xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha talablar belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.
Jumladan:
• 2022/2023 o‘quv yilidan davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
• 2022/2023 o‘quv yiliga qadar davlat OTMlaridagi barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
• 2024/2025 o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) o‘qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
• 2024/2025 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
LiveBarchasi