Endi faqat 2 toifadagi talabalar o‘qishni ko‘chirishi mumkin – Toshqulov

Jamiyat

image

O‘zbekistonda talabalarning o‘qishini ko‘chirishiga endi faqatgina ikki holatda ruxsat beriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisidagi nutqida aytib o‘tdi.

Abduqodir Toshqulovga ko‘ra, endilikda quyidagi sabablar bilangina o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi:

•    talaba turmush qursa;

•    davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsa.

Yana bir jihat shuki, o‘qishni ko‘chirishda vazir xati talab etiladi. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Boshqa holatlarda o‘qishni ko‘chirish o‘rniga akademik mobillikni qo‘llash tatbiq etiladi.

“Firibgarlarga yo‘l ochib bermaslik kerak. Har qanday imkoniyat, imtiyoz, firibgarlarga imkoniyat qilib beryapti”, deydi Toshqulov.

Vazirning aytishicha, joriy yilda 150 ming talaba o‘qishni ko‘chirish uchun ariza berishi kutilmoqda. O‘tgan yili 60 ming talaba hujjat topshirgan. Bu qariyb bir yillik kvotaga teng.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Toshqulov

Baholaganlar

1137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing