Endi bog‘chalarda bolalarga ovqat berilmasligi ham mumkin
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
12781O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan Qonunda bolalarni bir yoshdan bog‘chaga berishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.
Qonunda har bir guruhlarga alohida-alohida talablar qo‘yilgan. Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining:
• bolalar 3-4 soat bo‘ladigan guruhlarida – kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
• bolalar 9-10.5 soat bo‘ladigan guruhlarda – uch martalik ovqatlanish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;
• bolalar 12 soat bo‘ladigan guruhlarida – to‘rt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
• Maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalar kechayu Kunduz bo‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, qonunda bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda - ko‘pi bilan o‘ttiz nafar bola, bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda - ko‘pi bilan yigirma besh nafar bola o‘qitilishi ham belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan (16 dekabr) e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
LiveBarchasi