Endi BAA fuqarolari O‘zbekistonda 30 kun vizasiz qolishlari mumkin
Jamiyat
−
19 mart 2019
5252Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 18 mart kuni “Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Farmon bilan 2019 yil 20 martdan Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirganidan 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekistonga ish yuzasidan keladigan BAA fuqarolariga bir yillik ko‘p martalik vizalar O‘zbekistonning chet eldagi muassasalarida 3 ish kunida rasmiylashtiriladi.
Bunda O‘zbekistondagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etish talabi bekor qilindi.
LiveBarchasi