Endi ba’zi talabgorlarga yer tanlov o‘tkazmasdan hokimlar qarori asosida ajratiladi

Jamiyat

image

Zaxira maydonlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan pavlovniya yetishtiruvchi talabgorlarga yer maydoni tanlov o‘tkazmasdan tuman hokimlari qarori asosida ajratilishiga ruxsat beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tez o‘suvchi va sanoatbop Pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining respublika bo‘yicha tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metr chuqurlikda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda o‘rmon fondining suv tanqis yoki tuprog‘i sho‘r bo‘lgan yerlarida pavlovniya plantatsiyalarini tashkil qilish bo‘yicha takliflariga rozilik beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Toshkent davlat agrar universiteti olimlari hamda viloyatlar hokimliklari ishtirokida pavlovniya plantatsiyalarini tashkil qilish va moliyalashtirish manbaalarini aniqlash bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruhi tasdiqlanadi.

Loyihaga asosan ishchi guruhining asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilanadi:

•  soha olimlarini jalb qilgan holda pavlovniya daraxtining biologik xususiyatidan hamda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, plantatsiyalar tashkil etiladigan hududlarni o‘rganib chiqish;

•  kelajakda olinadigan xom-ashyo mahsuldorligini oshirish, qayta ishlashga va eksportga qulay sharoit yaratish maqsadida pavlovniya plantatsiyalarini barpo etish uchun har bir loyiha bo‘yicha kamida 100 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonlarini ajratilishini tashkil etish;

•  pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etish uchun moliyalashtirish manbaalarini aniqlash;

•  amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakunida axborot taqdim etib boriladi.


Foydalanilmayotgan, zaxira maydonlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan pavlovniya yetishtiruvchi talabgorlarga yer maydoni tanlov o‘tkazmasdan tuman hokimlari qarori asosida ajratilishiga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

er qaror loyihasi

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made