Aholiga yana 60 ming gektar yer tarqatiladi
Jamiyat
−
12 fevral
10519Aholiga yana 60 ming gektar yer tarqatishga qaror qilindi. Bu haqda Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda meva-sabzavot yetishtirish va eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu maqsadda aholiga yana 60 ming gektar yerlarni tarqatishga qaror qilindi. Buning natijasida 1,5 million tonna qo‘shimcha mahsulot olib, eksportni yana 200 million dollarga oshirish mumkin bo‘ladi.
Yoshlarni dehqonchilikka yaxshi o‘qitib, bu yerlarda band qilish muhimligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi