Endi ayrim talaba qizlarga maxsus stipendiya to‘lanadi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi. Bu haqda joriy yilning 8 may kuni qabul qilingan “Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, joriy yil 1 iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi (1 mln 35 ming 760 so‘m) maxsus stipendiya to‘lanadi.

Shuningdek, joriy yil 1 sentyabrdan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag‘al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to‘lovidan ozod etiladi.

2026 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalarning “a’lo” baholarga o‘qiydigan farzandlarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag‘al oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur farmon bilan joriy yil 15 maydan O‘zbekistonda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

kambag'al oila maxsus stipendiya talaba qizlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing