Endi ayrim parvozlar uchun pasport talab qilinmaydi 

Jamiyat

image

Bugun, 1 iyul kunidan boshlab yo‘lovchilar mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.

Bildirilishicha, faqat my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi joriy ma’lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi, shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/ID’ning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining “skrinshot”lari qabul qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyun kunidan boshlab O‘zbekistonda Milliy turizm yagona platformasi orqali mehmonxonada joy band qilayotganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatmasdan, MyID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tish mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi pasport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing