Endi avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish arzonroq, keyingilari esa bepul bo‘ladi

Jamiyat

image

Joriy yilning aprel oyidan boshlab jamoat transportida differensial tarif rejalari joriy etiladi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni Transport vazirligi va tegishli idora xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, “Brutto kontrakt” tizimini joriy etilishi orqali tashuvchilar yo‘lkira haqqi tushumlari bo‘yicha javobgarlikdan xalos bo‘lgan holda, tashuvlar sifati, hajmi bo‘yicha baholanadigan va moliyalashtiriladigan tizimga o‘tiladi.

Bunda tashuvchi bilan hisob-kitoblar shartnoma shartlari asosida amalga oshirilgan qatnovlar, harakat soni, muntazamlik va belgilangan intervallarga rioya etilishi kabi shartlar bajarilgani bo‘yicha baholangan holda amalga oshiriladi.

Shartlar qisman bajarilgan yoki buzilgan xolatlarda tashuvchiga to‘lanadigan mablag‘lar belgilangan shkala asosida kamaytirib to‘lanadi.

Shuningdek, har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha tashuvchilar elektron tender natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Tender savdolariga chiqariladigan yo‘nalish qiymatining boshlang‘ich narxi har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq xarajatlar hamda rentabellikning 10 foiz miqdori inobatga olingan holda, har bir kilometr bosib o‘tiladigan masofa uchun shakllantiriladi.

Bundan tashqari, yo‘nalishlarda barqaror harakat tezligini ta’minlash, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida vaqtga biriktirilgan differensial tarif rejalari aprel oyidan joriy etiladi.

Bunda:

•  bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 foizgacha arzonlashadi;

•  ikkinchi va keyingi o‘tishlar yo‘lovchi uchun bepul bo‘ladi;

•  avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.

Shu bilan birga, jamoat transportidan kunlik aktiv foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus tarif rejalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing