Endi “Arqadag‘“ Aliyevga ot sovg‘a qildi (video)

Olam

image
Aliyev, Mirziyoyev va “Arqadag‘” uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi north_east

Aliyev, Mirziyoyev va “Arqadag‘” uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi

Bugun, 22 avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanboshi shahrida otlarni va ot sporti jamoasining chiqishlarini tomosha qilishga bordi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat yetakchilariga “Axaltekin” otlari va milliy “Galkinish” ot sporti jamoasining chiqishlari namoyish etildi. Unda Berdimuhamedov Prezident Aliyevga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va turkman xalqi nomidan “Taus” laqabli otni sovg‘a qildi.

Joriy yilning iyul oyida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatga borgan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga sovg‘a sifatida “Do‘stlik” nomli Qorabog‘ otini topshirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib borgandi. Turkmanboshi shahri aeroportida davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgandi. Shundan so‘ng, Turkmanistonning “Avaza” milliy turizm zonasining Kongress markazida Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ilhom Aliev Gurbanguli Berdimuhamedov Axaltekin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing