Endi amaldorlar xizmat avtomobilini 5 yilsiz o‘zgartirolmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbar xodimlariga xizmat avtoransportlarni klassiga qarab biriktirish normativlari belgilanmoqda. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Bahrom Burxoniddinov ma’lum qildi. 

Uning qayd etishicha, endi rahbar-xodimlariga xizmat mashinasini klassiga qarab biriktirish joriy qilinadi

Ma’lumki, bir necha oylardan buyon davlat xaridlari, mansabdorlarning qimmat avtomobillarni xarid qilishi masalasi ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur jarayonlarni tahlil qilib borishda qanday  pozitsiyaga ega? Ushbu savolga Burxoniddinov quyidagicha javob berdi: 

“Qimmat avtomashina xarid qilgan tuman hokimi yoki boshqa amaldorlar bilan alohida shug‘ullunsak, har bir vaziyatni alohida o‘rgansak, ko‘zlangan maqsadga yeta olmaymiz. Ya’ni sabablar bilan emas, oqibatlar bilan kurashayotgan bo‘lib qolamiz .

Shundan kelib chiqqan holda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasida aynan mana shu kabi holatlarning oldini olish rejalashtirilmoqda”.

Korrupsiyaga qarshi kurash faolining so‘zlariga ko‘ra, Prezident qarori loyihasi bilan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbar xodimlariga xizmat avtoransportlarini klassiga qarab biriktirish normativlari (eng yuqori narxlari) belgilanadi.

Jumladan: 

•    tuman, shahar hokimlariga biriktiriladigan xizmat avtotransporti narxi Bazaviy hisoblash miqdorining 1200 baravari (267 mln 600 ming so‘m);

•    davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘linmalari rahbarlari xizmat avtomashinasi narxi esa BHMning 700 baravari (156 mln 100 ming so‘m)dan oshmasligi kerak bo‘ladi. 

Qaror loyihasida, shuningdek, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlarini yangisiga almashtirish undan kamida 5 yil foydalanilgandan so‘ng amalga oshirilishi belgilanmoqda. Bunda avtotransportning texnik holati, undan foydalanish xavfsizligi, shuningdek, yangisiga almashtirishning iqtisodiy maqsadi inobatga olinishi lozim bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing