3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilgani aniqlandi
3-sahifa
−
24 Sentabr
18452024 yilning avgust-sentyabr oylarida hokimlik, tashkilot va korxonalar tomonidan 11 davlat xaridida qonunbuzilish holati aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan joriy yilning avgust-sentyabr oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan jami 3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan:
- Narpay tuman Tibbiyot birlashmasining 673 mln so‘mlik;
- Shumanay tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 343 mln so‘mlik;
- Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 215 mln so‘mlik;
- Oltinsoy tumani hokimligining 193 mln so‘mlik;
- Qumqo‘rg‘on tumani 2-son kasb-hunar maktabining 115 mln so‘mlik;
- Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi Akademik litseyining 56 mln so‘mlik davlat xaridlari.
Ushbu holatlarda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risidagi” qonunning 10,14,20,46-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibnomalarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 276-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning qator talablarida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Shuningdek, “Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan 1,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan.
Mazkur holatda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 10,14,20,23,42,46-moddalari talablari buzilgan.
Bildirilishicha, agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olingan. Shuningdek, o‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olingani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi