Endi hokimlar har 5 yilda rotatsiya qilinadi
Jamiyat
−
09 dekabr 9141 1 daqiqa
Endi hokim va uning o‘rinbosarlari har 5 yilda boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi. Bu haqda joriy yilning 6 dekabr kuni qabul qilingan “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.
Farmonga ko‘ra, davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi 5 ta darajaga ajratiladi:
- Konstitutsiyaviy va milliy daraja;
- respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;
- hududiy daraja;
- tuman (shahar) darajasi;
- mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini darajasi.
2026 yil 1 yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi. Bunda:
- Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linma rahbari hamda tuman (shahar) hokimi va uning o‘rinbosarlari har 5 yilda qoida tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi;
- rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning “hrm.gov.uz” elektron platformasi orqali aniqlanadi;
- rahbar yangi hududga o‘tishdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha intensiv kursda o‘qitiladi;
- rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi.