Emlanmaganlarning erkini cheklash kerak — Alisher Qodirov
Jamiyat
−
16 iyul 2021
7634O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov mamlakatda koronavirusga qashi emlanmaganlarning erkini cheklash taklifi bilan chiqdi.
Qodirovga ko‘ra, O‘zbekiston Mehnat kodeksining 212-moddasiga muvofiq ish beruvchi xodimlarning kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda mehnat jamoasining manfaatlaridan kelib chiqib xodimga majburiyat yuklashi mumkin.
Tashkilot mehnat jamosining sog‘lom mehnat faoliyatini ta’minlash maqsadida xodimlariga koronavirusga qarshi emlanishni majburiy qilib qo‘ysa bo‘ladi.
“Qolaversa, har birimizni bizga xizmat ko‘rsatayotgan bank xodimi, sotuvchi, haydovchi, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, tibbiyot va ta’lim sohasi xodimlarini kasallik tarqatuvchi emasligini kafolatlanishini talab qilishga haqqimiz bor.
Vaksina olishga majbur emassiz. Lekin, xavfsizlikni ta’minlash asosiy vazifasi bo‘lgan, bizning ishonchimiz bilan vakolatli bo‘lgan hukumat, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak.
Har birimiz erkin, lekin jamiyat oldida majburiyatlari bo‘lgan fuqaro ekanimizni unutmasligimiz kerak.”, deydi Qodirov odamlar erkini cheklash haqida.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib insoniyat ishonch bilan suyanayotgani – tibbiyot birgina virusning davosini topib berolmadi.
“Bu hali muhokama qilinishi va tegishli baho berilishi kerak bo‘lgan jiddiy masala, bu keyingi mavzu...
Hozircha virusni ihotalashning yakka-yu yolg‘iz yo‘li emlanish ekan, avvalo o‘zimiz va yaqinlarimizning, qolaversa, atrofimizdagilar xavfsizligi uchun emlanishimiz shart”, deydi Qodirov.
Ma’lumot uchun, 15 iyulb holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 5 397 765 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 985 157 nafarni tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi