Emina Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Birinchi xonimini mehmon qildi (foto)
Olam
−
19 fevral
6397Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an Turkiyaga rasmiy tashrif bilan borgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning rafiqasi Mehribon Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda “Milliyet” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Emina Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlaridan keyin ilk bor Turkiyaga borgan Ilhom Aliyevning rafiqasini nufuzli mehmonlar uyida kutib olgan.
Uchrashuvda Turkiyaning Birinchi xonimi Mehribon Aliyevani turmush o‘rtog‘ining saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan hamda ular “Sıfır Atık Vakfı" va Haydar Aliyev jamg‘armalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish masalalarini muhokama qilgan.
Uchrashuvdan so‘ng Emina Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi postida Mehribon Aliyevaga Qorabog‘dagi g‘alabadan so‘ng saylovning barcha Ozarbayjon zaminida o‘tganidan mamnunligini bildirgan.
Shuningdek, bu yil Ozarbayjon mezbonlik qiladigan SOR29 bo‘yicha birgalikda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida ham fikr almashilgan.
“Prezident etib qayta saylangan janob Ilhom Aliyev va uning qadrli rafiqasi Mehribon Aliyevani chin qalbimdan tabriklab, ularning vakolat muddati muvaffaqiyatli o‘tishini tilayman. Umid qilamanki, saylovdagi g‘alaba Ozarbayjon xalqiga yaxshilik olib keladi”, deb yakunlagan Erdo‘g‘an xonim o‘zining postini.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi