Emeri “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etib, o‘z rekordini yangiladi
Sport
−
27 may 2021
3848Kecha, 26 may kuni Polshaning Gdansk shahrida Yevropa ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Final o‘yinida Ispaniyaning “Vilyarreal” va Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoalari to‘qnash kelishdi.
Uchrashuvda dastlab “Vilyarreal” jamoasi 29-daqiqada hisobni ochdi. Gol muallifi Gerard Moreno.
Shunda so‘ng, “Manchester Yunayted” jamoasi raqib jarima maydoni atrofida ketma-ket xavfli vaziyatlar sodir eta boshladi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Edinson Kavani hisobni tenglashtirdi.
Hisob tenglashgach, ikki jamoa ham ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi. O‘yinning asosiy vaqti va qo‘shib berilgan taymlarda g‘olib jamoa nomi aniqlanmagach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.
Penaltilar seriyasida omad “Vilyarreal” jamoasiga kulib boqdi. Shu tariqa, “Vilyarreal” jamoasi o‘z tarixida birinchi marotaba Yevropa ligasi kubogini qo‘ga kiritdi.
Shu tariqa, “Vilyarreal” jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri to‘rtinchi bor Yevropa ligasi g‘olibi bo‘ldi.
Avvalroq, Unai Emeri “Sevilya” jamoasida ketma-ket 3 marta (2013/14, 2014/15, 2015/16) g‘olib chiqqan edi. Bu esa Yevropa ligasi tarixida murabbiylar o‘rtasida mutlaq rekord hisoblanadi.
Nurmatov Sardor Ali