Ellikqal’ada yonib ketgan Matiz voqeasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
13 may 2019 8016 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida Matiz avtomobili turgan joyida o‘z-o‘zidan yonib ketgan.

Malum bo‘lishicha, 10-may kuni tumanning Guliston OFY hududida yashovchi D.J ga tegishli bo‘lgan Matiz avtomashinasi o‘z-o‘zidan yonib ketgan. Yong‘in natijasida mashinaning motor, salon, eshiklari hamda salon ichidagi hujjatlariga zarar yetgan. Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 6 daqiqada o‘t ochirilgan.

Matiz’ning yonib ketishiga elektr simlarining qizib ketishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.

Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr