Elyor G‘aniyev Gruziyaga ketyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev yaqin kunlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Gruziyaga safar qiladi. 

Tashrifning maqsadlaridan biri Baku-Tbilisi-Kars temir yo‘li loyihasini va Gruziya tomonidan tranzit imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rganish. 

2017 yilda foydalanishga topshirilgan Baku-Tbilisi-Kars temir yo‘li loyihasi Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi eng qisqa, xavfsiz va eng tejamkor bo‘g‘inga aylangan.

Ma’lumot uchun, Baku-Tbilisi-Kars temir yo‘l tarmog‘i Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya hududlaridan o‘tadi. Uning yuk o‘tkazish hajmi yiliga 17 mln tonnani tashkil etadi. Qurilish ishlari 2016 yilning oxirida tugallanishi rejalashtirilgan edi, biroq 2017 yilning ikkinchi yarmida tugallandi.


Maqola muallifi

Teglar

Elyor G'aniev

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing