G‘aniyev, Nazarbekov, Abduhakimov nomzodi ma’qullandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi tarkibdagi Hukumat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash masalalari muhokama qilinayotgani, Hukumat tarkibida ayrim o‘zgarishlari kuzatilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo‘mitalari va fraksiyalari yig‘ilishlarida Hukumat a’zosining lavozimiga nomzodlar xalq vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi o‘z harakatlar rejasini taqdim etdilar.

Transport vazirligiga nomzod Elyor G‘aniyev, Madaniyat vazirligiga nomzod Ozodbek Nazarbekov, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga esa Aziz Abduhakimov nomzodi dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ham Hukumat a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot o‘rnida, bundan avvali Elyor G‘aniyev va Aziz Abduhakimov Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida, Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Elyor G'aniev Aziz Abduhakimov Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

282

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing